img

SulsherJahon

Buxoroda “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda yetti nominatsiya bo‘yicha yosh mutaxassislar ishtirok etdi. – Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, navqiron avlod vakillarida vatanparvarlik va daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirga qiziqish tobora ortib bormoqda, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi G‘ulom Safarov. – Joriy yilda uning quyi bosqichlarida 35 yoshgacha bo‘lgan 400 nafar yosh mutaxassis ishtirok etgani fikrimiz dalilidir. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilarning faoliyati, intellektual, menejerlik va kasb salohiyati turli mezonlar asosida baholandi. Ayrim yo‘nalishlarda qatnashchilar ishlari bevosita korxonalarda o‘rganildi. Mutaxassislarning o‘z g‘oya va loyihalarini taqdim qilishdagi mahorati ham sinovdan o‘tkazildi. “Eng faol yosh bank xodimi”, “Eng faol yosh fermer”, “Eng faol yosh shifokor”, “Eng faol yosh tadbirkor” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Buxoro shahridagi go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan “SulSherJahon” xususiy korxonasi ijrochi direktori Jahongir Sultonov “Eng faol yosh tadbirkor” nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. – Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida raqobat kuchayib borayotgan bugungi sharoitda doimo izlanish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish muvaffaqiyatning muhim omili sanaladi, – deydi J.Sultonov. – Shuning uchun ham biz bu masalaga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Keyingi yillarda “Aloqabank” viloyat filialidan olingan 4,5 milliard so‘mlik kredit hisobiga sexlar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Asosiy xomashyo o‘zimizda tayyorlanmoqda. Buning samarasida kolbasa mahsulotlari assortimenti kengayib, sifati oshdi. Bugungi kunda bizning mahsulot Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham xaridorgir. Eng muhimi, korxonada keyingi ikki yilda yigirmata yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda 60 kishi mehnat qilayotgan korxona ishchilarining aksariyati yoshlardir. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

колбаса: Вареные

колбаса: Копченые

сосиски

Мясные деликатесы